AQSHda navbatdagi otishma: 9 kishi yaralandi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Gollivud (Florida shtati) shahrida otishma yuz berdi, kamida to‘qqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Huquq-tartibot idoralarining ta’kidlashicha, yaralanganlar orasida kamida bir bola ham bor.

Qayd etilishicha, bir kishi qo‘lga olingan, yana bir gumonlanuvchi qidirilmoqda. Dastlabki surishtiruv davomida voqeaga janjal sabab bo‘lgani aniqlangan.

Ta’kidlash joiz, bu kabi otishmalar AQSHda tez-tez sodir bo‘lib turadi. Ularda ko‘plab insonlar, hattoki, begunoh bolalar ham vafot etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 yanvar kuni AQSHda sodir bo‘lgan seriyali otishmalar 18 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

Keyinroq, 27 mart kuni AQSHning Neshvill shahridagi boshlang‘ich maktabda fojiali otishma bo‘ldi. Oqibatda 9 yoshli uch nafar o‘quvchi va uch nafar maktab xodimi halok bo‘ldi.

Prezident Jo Bayden esa qurolga egalik qilish ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutuvchi farmonni imzolab, qurollar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchiligini aytgandi. U Kongressni bunday jinoyatlarga qarshi kurashish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing