AQSHda motam e’lon qilindi
Olam
−
06 dekabr 2021
27019AQSH Prezidenti Jo Bayden siyosatchi Bob Doulning vafoti munosabati bilan Qo‘shma Shtatlarda to‘rt kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda Oq uy xabar tarqatdi.
Doul 98 yoshida vafot etdi, deya ma’lum qildi uning rafiqasi nomidagi Elizabet Doul fondi. U ham sobiq senator.
Bayden 9 dekabr kuni quyosh botguncha AQSH davlat bayroqlari biroz tushirilishi haqida qaror chiqargan. Bu buyruq Oq uy, Amerikaning barcha muassasalari va rasmiy binolari, shuningdek, elchixonalar, harbiy bazalar va kemalarga tegishli.
Bob Doul bir marta vitse-prezidentlik uchun kurashgan va uch marta prezidentlikka da’vogarlik qilgan. Oxirgi marta 1996 yilda demokrat Bill Klintonga qarshi Respublikachilar partiyasidan rasmiy nomzod sifatida kurash olib borgan, biroq yutqazgan.
LiveBarchasi