AQSHda mashhur milliarder vafot etdi

Olam

image

Dunyoga mashhur "Hilton" mehmonxonalar tarmog‘ining egasi Barron Hilton 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning nabirasi Peris Hilton Twitter`dagi sahifasida e’lon qilgan.
 

"U afsonaviy, hayolparast, yorqin, chiroyli, mehribon va yutuqlar hamda sarguzashtlarga boy hayot kechirgan", deb yozadi Peris.

Perisning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligidan boshlab bobosidan tadbirkor sifatida ibrat olgan. Barron Konrad Hilton mehmonxonalar tarmog‘ining asoschisining o‘g‘li edi. 30 yil davomida u Hilton Hotels Corporation Bosh direktori bo‘lib ishlagan. Faoliyati davomida u mehmonxonalar sonini ko‘paytirdi va milliarderga aylandi. 

2007 yilda Barron otasining izidan borishini e’lon qilib, o‘sha paytda 2,3 milliard dollarga baholangan mulkining 97 foizini Konrad N. Hilton fondiga qoldirgan edi.

Shunday qilib, u o‘z oila a’zolarini barcha topgan pullarini talab qilish imkoniyatidan mahrum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Hilton

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing