AQSHda kuchli toshqin: 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
21 may 2021
4260AQSHning Luiziana shtatida uzoq davom etgan yomg‘ir va bo‘ron kuchli toshqinni keltirib chiqardi. Natijada, yuzlab oilalar tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan, 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “NBC News” xabar bermoqda.
Gubernator Jon Bel Edvardsning so‘zlariga ko‘ra, beshta o‘limdan to‘rttasi suv toshqini bilan bog‘liq. 4 kishi mashinalari suv ostida qolib ketishi natijasida halok bo‘lgan.
Shuningdek, 76 yoshli kishi bo‘ron tufayli elektr uzilganidan so‘ng vafot etgan. Ta’kidlanishicha, uning hayoti kislorod uskunalariga bog‘liq bo‘lgan.
Edvards, shuningdek, asosan Leyk-Charlz va Baton-Rujdagi yuzlab uylarni suv bosganini ma’lum qilgan.
“Leyk-Charlzdagi 400 ga yaqin va Baton-Rujdagi 300 ga yaqin oilalar toshqindan zarar ko‘rgan, ammo bu raqamlar har soatda o‘zgarib turadi”, degan Edvards.
LiveBarchasi