AQSHda kuchli qor bo‘roni oqibatida 1 mlndan ortiq uy elektrsiz qoldi (video)
Olam
−
26 yanvar 1930 1 daqiqa
Kecha, 25 yanvar kuni AQSHda yuz bergan kuchli qishki bo‘ron oqibatida 1 milliondan ortiq iste’molchi elektr energiyasiz qoldi, 10 mingdan ziyod aviaqatnovlar bekor qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
PowerOutage.us servisi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 00:16 holatiga 1 milliondan ortiq uy-joyda elektr ta’minoti uzilgan. Jumladan, Tennessi shtatida kamida 330 ming, Missisipi va Luiziana shtatlarida esa 100 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qolgan. Shuningdek, Texas, Kentukki, Jorjiya, G‘arbiy Virjiniya va Alabama shtatlari ham bo‘rondan zarar ko‘rgan hududlar qatorida qayd etilgan.
FlightAware parvozlarni kuzatish sayti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH bo‘ylab rejalashtirilgan qariyb 11 mingta aviaqatnov bekor qilingan. Undan bir kun avval esa 4 mingdan ortiq reys bekor qilingan.
Bundan tashqari, Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi milliy aeroport kecha, 25 yanvar kuni barcha reyslar bekor qilinganini ma’lum qilgan. FlightAware ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-York, Filadelfiya va Shimoliy Karolinadagi Sharlott kabi yirik shaharlardagi aeroportlarda reyslarning 80 foizdan ortig‘i bekor qilingan.
Live
Barchasi