AQSHda koronavirusni davolash narxi aytildi
Olam
−
05 aprel 2020
35885AQSHda bir kishini koronavirusdan davolash 75 ming dollarga tushishi mumkin. Bu haqda "FAIR Health" mustaqil notijorat tashkiloti hisob-kitoblarga asoslanib xabar berdi.
"FAIR Health" mutaxassislari o‘zlarining hisob-kitoblarini AQSHdagi pnevmoniya va grippni davolash bo‘yicha ma’lumotlarga asoslanib tuzdi. Natijada, sug‘urtasiz odamlar uchun shifoxonada olti kunlik COVID-19 davolash 73,3 ming dollarga, sug‘urtalanganlar uchun 38 ming dollarga tushishi aniqlandi.
Mutaxassislar AQSH fuqarolariga kasallik juda og‘ir bo‘lmasa, uyda davolanishni maslahat berishdi. Chunki hozirda shtatlarning markaziy shifoxonalarida joy taqchilligi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, onlayn tibbiyot xizmatlari yoki ishonch telefonlari mavjud. Amerikaliklar u yerga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus bilan kurashish to‘g‘risida maslahat so‘rashlari mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 312 237 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 14 997 nafari sog‘aygan, 8 501 nafari esa vafot etgan.
LiveBarchasi