AQSHda koronavirusga chalinganlar ko‘rsatkichi antirekordga chiqdi

Olam

image

Kecha, 23 oktyabr kuni AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 83 ming 757 ta holat aniqlangan. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi

So‘nggi 24 soat ichida 943 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan. 
 
Oxirgi marta koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha rekord iyul oyida qayd etilgan. O‘shanda 77 mingdan ortiq holat aniqlangandi. 
 
AQSH koronavirus yuqtirib olayotganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda.
 
Pandemiya boshlanganidan buyon AQSHda 8 million 752 ming 121 ta koronavirus bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. 229 ming 317 nafar bemor infeksiya qurboniga aylangan. 
 
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 42 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p kishi virus qurboni bo‘lgan.

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing