AQSHda koronavirus bilan bog‘liq antirekord qayd etildi

Olam

image

O‘tgan kecha-kunduzda AQSHda koronavirus yuqtirib olganlar soni yana 154,5 mingga ko‘paygan. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Amerikaning Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, kecha, 13 noyabr kuni AQSHda 154 ming 576 kishida koronavirus aniqlangan. 

Avvalroq, Texas koronavirusga chalinganlar soni 1 milliondan oshgan ilk shtat bo‘lgani haqida ma’lumot bergandik. 

Shuningdek, Kaliforniyada ham kasallanganlar soni 1 milliondan oshgan. 

Ma’lumot uchun, AQSHda pandemiya boshlanganidan beri koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar 10,7 milliondan oshgan. 244 mingdan ko‘p bemor vafot etgan. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turadi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing