AQSHda XX asrning sirli qotillaridan birining shaxsi aniqlandi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1960-yillarning oxirlarida eng ko‘p qidirilgan “Zodiak” laqabli qotilning shaxsi aniqlandi. Bu haqda “Fox News” xabar bergan.  

“The Case Breakers” guruhi mutaxassislariga ko‘ra, jinoyatchi Geri Frensis Post bo‘lib, u 2018 yil oxirida vafot etgan. Ko‘p yillik tergov jarayonida mutaxassislar yangi dalilni — qotilning peshonasidagi chandiqlarni ko‘rsatadigan fotosuratlar “Zodiak”ning fotorobotidagi tasvirlarga o‘xshashini aniqlagan. 

Qolaversa, jinoyat joylaridan birida qotil taqib olgani aytilgan bo‘yoq sochilgan qo‘l soati topilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Geri Post qirq yildan ortiq bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan. 

“Zodiak” 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida Shimoliy Kaliforniyani dahshatga solgan. U birinchi qotillikni 1968 yilda sodir etgan — yigit va qizni otib tashlagan. Umuman olganda, beshta qotillik “Zodiak” bilan bog‘liq, ammo u 37 qurbonni o‘zi bilan bog‘lagan. 

Jinoyatchi San-Fransisko gazetalari tahririyatiga xabarlar yuborishni boshlagach, shuhrat qozongan. Xatlarida u jinoyatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan va yangilarini qilish bilan tahdid qilgan. Uning “Zodiak” laqabini olishiga sabab, u chizilgan doira shaklida belgi bilan harflarga imzo chekkan. Xabarlarning ba’zilari kriptogramma bo‘lib, ular ko‘p yillar o‘tib o‘qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qotil

Baholaganlar

620

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing