AQSHda Xitoy orqali Rossiyaga zarba berish taklif qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Kongressi Senati a’zosi Marko Rubio (Florida shtatidan, respublikachi) boshchiligidagi amerikalik senatorlar hukumatni Rossiya nefti va boshqa energetika mahsulotlarini Xitoyga sotishiga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, senatorlar Marko Rubio, Rik Skott va Kevin Kramer Rossiyadan Xitoyga neft yoki suyultirilgan gaz tashuvchi tankerlarni sug‘urtalovchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi har qanday tashkilotga nisbatan jazo choralarini belgilovchi qonun loyihasiga homiylik qilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya neftini Xitoyga yetkazib berishning to‘xtatilishi Pekin tomonidan Yaqin Sharq va Afrika nefti uchun kuchli raqobatga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa xomashyo narxining oshishiga olib keladi.

“Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar tomonidan Rossiya neftini sotib olishga qo‘yilgan embargo narxlarning keskin oshishiga olib keldi, bu esa Rossiya Federatsiyasiga katta hajmdagi xomashyoni boshqa bozorlarga, birinchi navbatda Hindiston va Xitoyga yo‘naltirish va hattoki daromadlarni oshirish imkonini berdi”, deyiladi xabarda. 

Aytish joizki, Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aleksandr Novak, avvalroq, Rossiya nefti narxini cheklash yo‘lidagi qadamlarni bozor mexanizmlariga aralashishning navbatdagi urinishi deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat bozor muvozanati, energiya tanqisligi va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing