AQSHda qor bo‘roni tufayli kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHning markaziy hududlariga qattiq qor bo‘roni yopirilishi oqibatida kamida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda kecha, 6 yanvar kuni NBC News telekanali xabar berdi.

Telekanal xabariga ko‘ra, Missuri shtatida 61 yoshli Everett Karter qor tozalash vaqtida og‘ir jarohat olib, halok bo‘lgan. Joriy yilning 5 yanvar kuni esa Kanzas shtatida ob-havo sharoiti sabab yuz bergan avtohalokatda ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan. Yo‘l patrul xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lda sirpanib ketgan mashina yo‘l chetidagi tepalikka chiqib ketib, bir necha bor ag‘darilib tushgan.

“Kanzas yo‘l patrulining hisobotida keltirilishicha, ikkala yo‘lovchi ham xavfsizlik kamarini taqmagan va mashinadan uchib chiqqan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Texas shtatida mahalliy fuqaroning jasadi topilgan. Uning sovuqdan muzlab vafot etgani aytilmoqda. Mazkur holat bo‘yicha politsiya departamenti surishtiruv o‘tkazmoqda, chunki jasad avtobus bekati oldida topilgan.

5 yanvar kuni CNN telekanali AQSHda bo‘ron vaqtida rekord darajadagi qor yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Markaziy hududlarda qor yog‘ishi va muzlamalar allaqachon kuzatilmoqda. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda qor qatlami 35 santimetrga, muz qatlami esa 70 mm ga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Kentukki, Virjiniya, Kanzas, Arkanzas va Missuri shtatlarida kuchli qor, yomg‘ir, muzlash va momaqaldiroq tufayli favqulodda holat e’lon qilingan edi. 30 ta shtatdagi aholiga bo‘ronlardan hushyor turish va uyda qolish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qor bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing