AQSHda qor bo‘roni sabab kamida 7 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHda qor yog‘ishi va sovuq bilan birga kelgan bo‘ron oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Bo‘ron AQSHning sharqiy va janubiy shtatlarini qamrab olgan. Tennessi shtatida 330 mingdan ortiq kishi elektrsiz qolgan, Missisipi shtatida – 160 mingdan ortiq, Luiziana shtatida esa taxminan 135 ming abonent elektr ta’minotisiz qolgan. Rasmiylar elektr uzilishlarining sababini muzlash bilan bog‘lashganini ma’lum qilgan.

Nyu-York shahar meri Zohran Mamdani aholini qor yog‘ishi davom etayotgan paytda uyda qolishga chaqirgan. Shahar bo‘ylab ayrim hududlarda 23 sm gacha qor yoqqan.

Oxirgi ikki kun ichida AQSHda 17 mingdan ortiq aviatsiya reyslari bekor qilingan. Nyu-Yorkdagi La-Guardia xalqaro aeroporti va Pensilvaniya shtatidagi Lehigh Valley aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.

FlightAware parvozlarni kuzatish sayti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH bo‘ylab rejalashtirilgan qariyb 11 mingta aviaqatnov bekor qilingan. Undan bir kun avval esa 4 mingdan ortiq reys bekor qilingan.

Bundan tashqari, Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi milliy aeroport kecha, 25 yanvar kuni barcha reyslar bekor qilinganini ma’lum qilgan. FlightAware ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-York, Filadelfiya va Shimoliy Karolinadagi Sharlott kabi yirik shaharlardagi aeroportlarda reyslarning 80 foizdan ortig‘i bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qor Zohran Mamdani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing