AQSHda ishsizlik darajasi ortdi

Olam

image

AQSHda ishsizlik darajasi 3,9 foizga oshdi – bu ikki yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich.  Bu haqda AQSH Mehnat departamentining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, sog‘liqni saqlash, davlat, oziq-ovqat va ichimlik xizmatlari, ijtimoiy yordam, transport va omborxona xizmatlarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilgan. Fevral oyida ishsizlik darajasi 0,2 foiz ortib, umumiy 3,9 foizga, ishsizlar soni esa 334 ming kishiga ko‘payib, 6,5 million nafarga yetgan. Ma’lumot uchun, bir yil avval ishsizlik darajasi 3,6 foizni, ishsizlar soni esa 6,0 million kishini tashkil qilgan.

Ta’kidlash joizki, AQSH Prezidenti 7 mart kuni kechqurun Kongress Vakillar palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan chiqishida AQSHda atigi uch yil ichida 15 million yangi ish o‘rni yaratilib, rekord o‘rnatilgani, ishsizlik darajasi esa so‘nggi 50 yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh ishsizlik mehnat departamenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing