AQSHda ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan sakkiz tojikistonlik ushlandi

Olam

image

AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) o‘tgan hafta oxirida Filadelfiya, Nyu-York va Los-Anjelesda ISHIDga aloqadorlikda gumon qilingan sakkiz nafar tojikistonlik erkakni hibsga oldi. Bu haqda manbalariga tayanib, “NBC News” xabar berdi.  

Keltirilishicha, ular ISHID bilan doimiy aloqalari tufayli Federal qidiruv byurosining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma guruhi  kuzatuvida bo‘lgan.

"So‘nggi bir necha kun ichida ICE agentlari bir nechta fuqaroligi bo‘lmaganlarni hibsga oldi", deyiladi Ichki xavfsizlik departamenti va FQBning qo‘shma bayonotida. 

Nashrga ko‘ra, harakatlar Federal qidiruv byurosining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma kuchlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilgan. Hibsga olingan shaxslar esa vaqtincha ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu sakkiz kishi janubiy chegara orqali Qo‘shma Shtatlarga o‘tgan. Rasmiylarga ko‘ra, ularning biri Bayden ma’muriyati tomonidan migrantlarga boshpana so‘rash borasida uchrashuvlar yozishga ruxsat berish uchun yaratilgan CBP One ilovasidan foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rimda tojikistonlik shaxs terrorchilikda gumonlanib hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing