AQSHda ilk bor “omicron” bilan kasallangan bemor vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHda birinchi marta koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangan bemorning o‘limi qayd etildi. Bu haqda Texas shtati sog‘liqni saqlash tizimiga tayanib xabar berilgan.  

“Xarris okrugi sog‘liqni saqlash rasmiylari faqatgina vafot etgan bemor “50 yoshdan oshgan erkak” ekani, emlanmagani va sog‘lig‘ida jiddiy muammolarga duch kelganiga aniqlik kiritishdi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, bu Qo‘shma Shtatlardagi “omicron” bilan kasallangan bemorlarning birinchi o‘limi bo‘lishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan haftada “omicron” Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 ning dominant shtammiga aylandi va bu barcha tasdiqlangan holatlarning 73,2 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, bir hafta oldin, o‘zgarish atigi 12 foizni tashkil etdi, qolgan holatlar esa “delta” shtammi bilan bog‘liq edi. AQSHda “omicron” birinchi marta 1 dekabr kuni qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh omikron

Baholaganlar

85

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing