AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi
Olam
−
11 aprel
6056AQSHda bortida Kongressning kamida uch nafar a’zosi bo‘lgan American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi aeroportda ushbu kompaniyaning boshqa bir samolyoti bilan to‘qnashdi. Bu haqda kecha, 10 aprel kuni AQSH Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
“Ronald Reygan nomidagi Vashington Milliy aeroportida kamida uch nafar Kongress a’zosi bo‘lgan samolyotga American Airlines’ning boshqa bir samolyoti qanotini urib, o‘tib ketdi”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, to‘qnashgan samolyotlar Bombardier CRJ 900 va Embraer E175 bo‘lgan. Har ikki havo kemasi texnik tekshiruv o‘tkazish uchun zaxira samolyotlar bilan almashtirilgan. Sodir bo‘lgan hodisa aeroport ishiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-York shahrida ichida sayohatchilar bo‘lgan vertolyot Gudzon daryosiga qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, uch bola halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Samolyot daryoga qulaganida suvning harorati 50 daraja sovuq bo‘lgan. Halokatga uchragan vertolyot Bell 206 modeli bo‘lgan, uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan, samolyot havoda parchalana boshlagan, so‘ngra daryoga qulagan. Favqulodda hodisa joyida olib borilgan qidiruv ishlari taxminan ikki soat davom etgan.
LiveBarchasi