Nyu-Yorkda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
11 aprel
6157Kecha, 10 aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida ichida sayohatchilar bo‘lgan vertolyot Gudzon daryosiga qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, uch bola halok bo‘ldi. Bu haqda AP News xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralaridagi manbalarning nashrga ma’lum qilishicha, qulash oqibatida Yevropa avtomatlashtirish kompaniyasi Siemens'ning Ispaniyadagi rahbari Agustin Eskobar, uning rafiqasi Mersi Kamprubi Montal va ularning 4, 5 va 11 yoshli bolalari hamda 36 yoshli uchuvchi halok bo‘lgan. Biroq halok bo‘lgan vertolyot uchuvchisining shaxsi hozircha aniqlanmagan.
Halokatga uchragan vertolyot Bell 206 modeli bo‘lgan, uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan, vertolyot havoda parchalana boshlagan, so‘ngra daryoga qulagan. Favqulodda hodisa joyida olib borilgan qidiruv ishlari taxminan ikki soat davom etgan.
Oq uy rahbari Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida halokat juda dahshatli bo‘lganini yozgan. Hozirda Milliy transport xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Afrikada pingvin vertolyot halokatiga sabab bo‘lgandi. Robinson R44 Raven II turidagi vertolyot Qushlar orolidan Sharqiy Kap provinsiyasiga pingvinni olib ketayotgan paytda halokatga uchragan. Hodisa oldinroq sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, rasmiy hisobot e’lon qilingach, tafsilotlar ayon bo‘lgan.
LiveBarchasi