AQSHda giyohvandlar ko‘payib borayotganining sababi aniqlandi 

Bu qiziq

image

AQSHning 20 dan ortiq shtati va Vashington aholisi qonuniy ravishda marixuana sotib olishlari mumkin. Bu haqda "Axios" ma’lum qildi.

"Coresight Research" agentligi hisobotiga ko‘ra, qonuniylashtirilgan marixuana bozori 64 mlrd dollarga teng bo‘lib, uning hajmi so‘nggi uch yil davomida deyarli uch baravarga ko‘paydi. Ayni paytda ushbu giyohvand moddani qonuniylashtirish harakatlari butun mamlakatni qamrab olgan.

Agentlikning tadqiqotida so‘rovnoma ishtirokchilarining uchdan ikki qismi marixuanani iste’mol qilish qonuniylashtirilgandan beri uning mijozlari keskin ko‘payganini aytishgan.

"Pew" tadqiqot markazining oktyabr oyida o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, 10 amerikalikdan 9 tasi marixuana dam olish vositasi sifatida qonuniylashtirilishi lozimligini aytgan.

Qolgan qismi esa giyohvandlik moddasidan tibbiy maqsadda foydalanish uchun ruxsat berilishi kerakligini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Joriy yilning fevral oyida X (sobiq Twitter) federal ko‘rsatmalarga muvofiq marixuana qonuniy bo‘lgan shtatlarda o‘z xizmatlari sirasiga giyohvandlik moddasi e’lonini ham qo‘shib, o‘zining reklama siyosatini yangiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh marixuana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing