AQSHda favqulodda holat e’lon qilinishi kutilmoqda

Olam

image

AQSH ma’muriyati rasmiylari maymunchechakni AQSHda sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deb e’lon qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uyning koronavirusga qarshi choralar koordinatori Ashish Ja ma’lum qildi. 

“Qo‘shma Shtatlarda biz hozir Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vazirligi sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilishi mumkinligini ko‘rib chiqmoqdamiz, ammo bu haqiqatan ham nima qila olishimizga bog‘liq”, deydi Ja CBS teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida. 

Uning qayd etishicha, ayni vaqtga qadar AQSHda 2000 dan ortiq maymunchechak bemorlari aniqlangan. 

Shu bilan birga, Amerika rasmiylari emlash va sinovlar ko‘lamini oshirgan hamda kelajakda ular bu sohada yuritilishi mumkin bo‘lgan siyosat variantlarini ko‘rib chiqmoqchi. Mutaxassis testlar mavjudligi tufayli maymunchechak epidemiyasini aniqlash mumkinligiga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Oq uyning pandemiya masalalari bo‘yicha koordinatori Raj Panjobiy Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maymunchechak epidemiyasini jamoat salomatligi uchun favqulodda holat deb e’lon qilganidan kelib chiqib, virus tarqalishini nazorat qilish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan kelishilgan harakatlar zarurligini aytgan edi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus maymunchechak epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qildi. Tashkilot rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda 75 ta davlat va hududlarda 16 mingdan ortiq infeksiya holatlari qayd etilgan va besh kishi vafot etgan. 

Ma’lumot uchun, maymunchechak kamdan-kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan tropik o‘rmonlar yaqinida joylashgan markaziy va g‘arbiy Afrikaning chekka hududlarida kuzatiladi. Ushbu kasallikni hayvonlardan odamlarga yuqtirishning birinchi holati 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasi hududida qayd etilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virus odamlarga kemiruvchilar va primatlar kabi yovvoyi hayvonlardan yuqadi va uning odamdan odamga yuqishi orqali ikkilamchi tarqalishi cheklangan. Odatda, maymunchechak epidemiyasi uchun o‘lim darajasi 1% dan 10% gacha. O‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi. Maymunchechakka qarshi maxsus emlash mavjud emas, ammo chechakka qarshi emlash bu kasallikdan 85% darajada himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh maymunchechak

Baholaganlar

775

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing