AQSHda favqulodda holat e’lon qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 4 avgust kuni Qo‘shma Shtatlar maymun chechagini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qilishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vaziri Xaver Beserra ma’lum qilgan.

"Biz ushbu virusga qarshi chora-tadbirlarimizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormiz", deydi u, Qo‘shma Shtatlarda maymunchechak bilan kasallanganlar soni 6 600 dan oshganini qo‘shimcha qilib.

Besser, shuningdek har bir amerikalikni epidemiyaga qarshi kurashda yordam berish uchun "maymun chechagiga jiddiy qarashga va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga" chaqirgan.

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari rahbari Roshel Valenskining so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat joriy qilinishi xavf ostida bo‘lganlar uchun tibbiy yordam olish imkoniyatini kengaytirishi mumkin.

Aytish joizki, Joriy yilning 23 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi kasalligini sog‘liqni saqlash uchun global favqulodda holat (FH) deb e’lon qildi. O‘sha vaqtga 75 mamlakatda 16 000 dan ortiq holat ma’lum edi. Ko‘plab holatlar Yevropa va Amerikada aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Yevropada maymun chechagidan birinchi o‘lim holati Ispaniyada, Osiyoda esa Hindistonda qayd etilgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

866

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing