AQSHda o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik 22 yoshli talaba Muhammadyusuf Faxriddinov AQSHda vafot etdi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni “El-yurt umidi” xabar berdi.

Bildirilishicha, Muhammadyusuf Faxriddinov Stouni Bruk (AQSH) universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatning 4-bosqichida tahsil olayotgan bo‘lgan. Hozirda voqea yuzasidan barcha holatlarni aniqlash maqsadida vakolatli idoralar bilan hamkorlik olib borilmoqda.

U 2004 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2022 yildan buyon AQSHda tahsil olayotgan bo‘lgan.

Uning uyquga ketib uyg‘onmagani, o‘limi yurak faoliyati bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlarining Rod-Aylend shtati Providens shahrida joylashgan Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada ikki talaba, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi, 2007 yilda tug‘ilgan Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘lgan edi. Mazkur voqea ortidan AQSH Prezidenti Donald Tramp “grin karta” lotereya dasturini to‘xtatgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

El-yurt umidi jamg'armasi Muhammadyusuf Faxriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing