AQSHda benzin narxi tarixiy maksimumini yangiladi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi rekord darajaga yetdi va bir gallon (3,785 litr) uchun 4,17 dollardan oshdi. Buni 60 mingdan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalari narxlarini kuzatuvchi notijorat Amerika avtomobil assotsiatsiyasi (AAA) ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 8 mart kuni ertalab AQSHda bir gallon benzinning o‘rtacha narxi 4,173 dollarga yetgan. AAA veb-saytida aytilishicha, bu tarixdagi eng yuqori o‘rtacha yoqilg‘i narxidir. CNN telekanalining ta’kidlashicha, avvalgi antirekord 2008 yilning iyul oyida o‘rnatilgan, o‘shanda AQSH yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi bir gallon uchun 4,11 dollarga etgan.

Aprel oyida yetkazib beriladigan WTI markali neft fyucherslari narxi kecha kuni 5,34 dollarga (4,47 foiz) oshib, bir barrel uchun 124,74 dollarni tashkil qildi.

2021 yilda AQSH umumiy neft importida Rossiyaning ulushi 2020 yilga nisbatan 2,7 baravar ko‘payib, qariyb 3 foizni tashkil etgan. Rossiyadan neft mahsulotlari importi 1,5 foizga oshib, 172,586 million barrelga yetgan. Ular, asosan, Gavayi orollari va qirg‘oqlarga import qilinadi, bu erda neftni qayta ishlash korxonalari Amerikaning yirik konlarini bog‘laydigan quvurlarga kirish imkoniga ega emaslar. 19-25 fevral kunlari AQSH Rossiyadan neft importini nolga tushirdi.

Avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyadan barcha turdagi energiya mahsulotlari importiga taqiq qo‘ygani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

668

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing