AQSHda Belarusga aviachipta sotish taqiqlandi
Olam
−
07 iyul 2021
2684AQSH Transport vazirligi AQSH va Belarus o‘rtasida aviachiptalarni sotishni taqiqlovchi buyruq kuchga kirganini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.
Qayd etilishicha, taqiq ushbu yo‘nalish bo‘ylab uchadigan boshqa aviakompaniyalarning samolyotlariga parvozlarga ham tegishli. Vazirlik 29 iyun kuni taqiqlashni tavsiya qiladigan buyruq loyihasini tayyorladi. Ushbu qadam “Ryanair” samolyotining Minskka majburiy ravishda qo‘nishiga AQSH Davlat departamentining “AQSH va Belarus o‘rtasida sayohat qilishni cheklash Vashington tashqi siyosiy manfaatlariga javob beradi”, degan bayonotiga javoban qabul qilindi. Hujjat bir necha hafta davomida AQSH hukumati tomonidan ko‘rib chiqildi.
Buyruqda AQSH hukumati Amerika Qo‘shma Shtatlarining milliy manfaatlariga mos keladigan har qanday havo qatnovi uchun, shu jumladan “insonparvarlik yoki milliy xavfsizlik sababli” imtiyozlar berishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 23 may kuni Gretsiyaning Afinasidan Litvaning Vilnyus shahriga uchib ketayotgan “Ryanair” aviakompaniyasining samolyoti Minskga qo‘ndirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bu vaqtda Belarus osmonida parvoz qilayotgan bo‘lgan va mamlakat Harbiy havo kuchlariga qarashli MiG-29 qiruvchisi yo‘lovchi samolyotining majburiy tarzda qo‘ndirilishini ta’minlagan. Rasmiylar bunday favqulodda harakatga samolyotda bomba borligi haqidagi xabarni sabab qilib ko‘rsatdi. Keyinchalik, bu xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Ma’lum bo‘lishicha ushbu samolyot bortida bomba emas, Belarusda terrorizmga aloqadorlar ro‘yxatiga kiritilgan jurnalist Protasevich bo‘lgan va u darhol hibsga olingan.
LiveBarchasi