AQSHda 90 yoshli ayol magistrlik darajasini oldi
Bu qiziq
−
23 dekabr 2023
4376Texas shtatida yashovchi 90 yoshli Minni Peyn Qo‘shma Shtatlarda fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha magistrlik darajasini oldi. Uni sahnadan 23 yoshli nabirasi kuzatib borgan. Bu haqda “UPI” nashri xabar berdi.
Minni Peyn 1950 yilda o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng, u qisqa vaqt kollejda o‘qiganini va keyin o‘qishni tashlaganini aytdi. Texaslik ayol 1961 yilda marhum turmush o‘rtog‘i Deyl bilan oila qurgan va Janubiy Karolina sanoat komissiyasida sud muxbiri bo‘lib ishlagan.
Erining kasbi ortidan oila Jekson, Missisipi, Kerrollton va Texas kabi hududlarda 30 yildan ortiq yashagan. Peyn 2006 yilda universitetning umumiy ta’lim bo‘yicha bakalavriatini ham tamomlagan.
Shunga qaramay, ayol 68 yoshida nafaqaga chiqqach, o‘qishni davom ettirishni xohlab qolgan. Peyn Texas Ayollar Universitetidagi jurnalistika kurslarida tahsil olgan. Pensioner o‘z ta’limini tugallanmagan deb hisoblagan va uni davom ettirmoqchiligini aytgan.
“Men har doim so‘zlar bilan ishlaganman va yozishni yaxshi ko‘raman. Men hamisha yanada yaxshiroq bo‘lishga intilganman”, degan ayol.
Universitet mutasaddilari ham ayolning qat’iyatini yuqori baholab, u “beshikdan qabrgacha ilm izla” maqolini o‘z hayotiga tatbiq etganini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyida 20 yoshli ekofaol Greta Tunberg doktorlik unvonini olgandi.
LiveBarchasi