AQSHda 70 yil ichida ilk bor ayol kishi qatl etildi

Olam

image

AQSHda 70 yil ichida birinchi marta ayol kishi qatl etildi. Bu haqda "The New York Times"ga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, Lizu Montgomeri ismli ayol 2004 yilda homilador ayolni vahshiyona o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan. 

Qayd etilishicha, hukm 2020 yil 8 dekabr kuni Indiana shtatida ijro etilishi kerak bo‘lgan. O‘lim jazosi belgilangandan keyin ijro muddati 2021 yil 12 yanvarga qoldirilgan. 

11 yanvar kuni Indiana shtati sudi mahkumaning ruhiy muammolari sababli jazoni ijro etishni yana kechiktirgan. Biroq, Oliy sud 12 yanvar kuni kechqurun ushbu qarorni bekor qilgan. 

Qatl Terre-Xot qamoqxonasida o‘ldiruvchi in’eksiya yo‘li bilan amalga oshirilgan. Ayol 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 1:31da (Toshkent vaqti bilan 11:31) vafot etgan. 

Marhumaning advokati Kelli Xenriga ko‘ra, AQSH rasmiylari qonunni buzgan, chunki ayolda ruhiy muammolar bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'lim jazosi

Baholaganlar

892

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing