AQSHda 70 milliondan ortiq saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

Olam

image

70 milliondan ortiq Amerika fuqarosi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqda Florida universiteti saylov laboratoriyasi xabar berdi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 70 053 286 AQSH aholisi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Ularning 37,4 milliondan ortig‘i shaxsan o‘zi saylov uchastkalariga borib, ovoz bergan bo‘lsa, qolgan 32,6 millionga yaqini pochta orqali ovoz bergan.

Qo‘shma Shtatlarda ro‘yxatga olingan saylovchilar soni 168 millionga yaqin. Muddatidan oldin ovoz berganlar esa Texas shtatida 7,9 million kishini, Florida 7,3 million va Kaliforniya shtatida 6 million kishini  tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlarda navbatdagi prezident saylovlari 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamola Harris davlat rahbari lavozimi uchun kurashadi. Tramp Amerikaning 45-prezidenti bo‘ldi va 2017-2021 yillarda lavozimda edi. Hozirda Harris Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti lavozimida ishlayapti.

Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabr kuni AQSHning hozirgi Prezidenti Jo Bayden ham  prezidentlik saylovi uchun muddatidan oldin ovoz bergandi.

Jasmina Rasulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh saylov Florida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing