AQSHda 600 dan ko‘p o‘lik morglarda qolib ketgan

Olam

image

AQSHning Nyu-York shahrida pandemiya boshlangan vaqtdan buyon 650 ga yaqin jasad morglarda qolib ketgan. Ular Bruklin qirg‘og‘idagi ko‘chma morglar, ya’ni yuk mashinalarida saqlanmoqda. Bu haqda "The Wall Street Journal" xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, marhumlarning jasadi ularning qarindoshi topilmagani yoki dafn marosimini o‘tkazish uchun mablag‘ yo‘qligi sababli o‘sha yerda qolmoqda. 

Sud-tibbiyot ekspertlari haligacha 230 ga yaqin marhumning qarindoshlarini qidirishda davom etmoqda. Yaqinlari topilmayotgan marhumlarning ko‘pchiligi oilasidan alohida yashagan, qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar eskirgan yoki noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirusga chalinganlar 12,3 mlndan oshgan. 257 mingdan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KORONAVIRUS MORG

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing