AQSHda 40 ming dollarlik tuxum o‘marib ketildi
Olam
−
05 fevral
5246AQSHning Pensilvaniya shtatida parranda grippi sabab yuzaga kelgan tuxum tanqisligi va narxlarning oshishi fonida noma’lum shaxslar 100 ming dona tovuq tuxumini o‘g‘irladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, hodisa joriy yil 1 fevral kuni Grinkasl shahrida ro‘y bergan. O‘g‘irlangan mahsulotning qiymati 40 ming dollar deb baholanmoqda. Tuxumlar Pete & Gerry’s Organics kompaniyasiga tegishli zavod yonida to‘xtab turgan yuk mashinasidan olib ketilgan. Kompaniya vakillari telekanalga bergan bayonotida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan.
“Biz bu ishga jiddiy yondashmoqdamiz va uni imkon qadar tezroq ochishga intilamiz. Tergov davom etayotganligi sababli tafsilotlar bo‘yicha izoh bera olmaymiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Ma’lumot uchun, so‘nggi oylarda AQSHda tuxum tanqisligi kuzatilmoqda va narxlar yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bunga 2024 yilning noyabr-dekabr oylarida 17,2 million tuxum qo‘yuvchi tovuqning nobud bo‘lgani sabab bo‘ldi. Parrandalar sonini tiklash uchun bir necha oy talab etiladi. Bir yil avval taxminan 3,5 dollar atrofida bo‘lgan 12 dona (1 jyuzina) tuxumning yanvar oyidagi narxi 5,29 dollarni tashkil qilgan. Ba’zi shtatlarda do‘konlar bir kishiga bitta tuxum qutisidan ortiq sotmaslik bo‘yicha cheklovlar joriy qilgan.
LiveBarchasi