AQSHda 25 ta shtat Tramp ma’muriyatini sudga berdi
Olam
−
29 Oktabr 2025 3984 2 daqiqa
Kecha, 28 oktyabr kuni Demokrat gubernatorlar va AQSHning 25 ta shtati bosh prokurori mamlakat Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga murojaat qilgan. Ular millionlab amerikaliklarga oziq-ovqat yordamini davom ettirish uchun favqulodda mablag‘lardan foydalanish yo‘li bilan dastur moliyalashtirilishini tiklashni talab qilgan. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir nechta shtatlar hukumati va Kolumbiya okrugi ma’muriyati AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarshi da’vo arizasi kiritganini e’lon qilgan. Federal hukumat faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishi (“shatdaun”) davrida qo‘shimcha oziq-ovqat yordam dasturi (SNAP) to‘lovlarini noqonuniy to‘xtatib qo‘ygan.
Massachusets shtatining federal sudiga topshirilgan da’voda taraflar ma’muriyatning shtatlarning to‘lovlarini to‘xtatishga majbur qiluvchi oldingi ko‘rsatmalarini bekor qilishni va Qishloq xo‘jaligi vazirligida mavjud barcha resurslardan foydalanib, joriy yilning noyabr oyida SNAP dasturini moliyalashtirishni davom ettirishga majburlashni talab qilmoqda.
“Ko‘plab amerikaliklar och qolish xavfi ostida, chunki federal hukumat qonun bo‘yicha berilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat yordamiga mablag‘ ajratishni to‘xtatdi”, deydi Nyu-York shtatining Bosh prokurori Letitsiya Jeyms.
Amerika OAV ma’lumotlariga ko‘ra, SNAP mamlakatdagi ochlikka qarshi kurashuvchi eng yirik dastur bo‘lib, u deyarli 42 million kishini, ya’ni AQSH aholisining 12 foizdan ortig‘ini qamrab oladi. To‘lov oluvchilarning aksariyati federal kambag‘allik chegarasida yoki undan past darajada yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda 1 oktyabrdan boshlab hukumat faoliyati to‘xtatilgandi, chunki Senat yangi byudjet loyihasini tasdiqlay olmadi. Bunga sabab – sog‘liqni saqlash dasturlarini moliyalashtirish masalasida demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bo‘ldi. Shunday qilib, mamlakat tarixidagi 22-“shatdaun” boshlandi. Bu Donald Tramp prezidentligi davrida to‘rtinchisi hisoblanadi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025