AQSHda 20 ta mashina to‘qnashdi. 7 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
26 iyul 2021
4878Amerikaning Yuta shtatida chang bo‘roni oqibatida 20 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Hodisada yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The New York Times” mahalliy hukumatga asoslanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bir qator yo‘l-transport hodisalari kecha, 25 iyul kuni tushdan keyin (mahalliy vaqt bilan) yo‘lda ko‘rish darajasi yaxshi bo‘lmagani uchun sodir bo‘lgan.
Hodisa Kenosh shahrida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bir nechta jabrlanganlar og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Magistraldagi avtohalokat natijasida janubiy yo‘nalishda transport harakati to‘xtatilgan. Yuta yo‘l patrul xizmati xodimlari boshqa shaharlar xodimlaridan yordam so‘ragan.
Qayd etilishicha, voqea joyiga bir nechta tez yordam mashinalari yetib kelgan, shuningdek, yaradorlar shifoxonalarga havo yo‘li orqali ham yetkazilgan.
LiveBarchasi