AQSHda 11 sentyabr voqeasida ayblanganlar aybini tan oldi

Olam

image

2001 yilning 11 sentyabr kuni AQSHga hujum uyushtirishda ayblanayotgan uch kishi sudgacha kelishuvga erishdi va aybini tan oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, BBC xabar berdi.

Pentagonga ko‘ra, ushbu uch nafar shaxs – Xolid Shayx Muhammad, Valid Muhammad Solih Muborak Bin Attash va Mustafo Ahmad Adam al-Havsaviy AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Kubadagi Guantanamo bazasida bir necha yillardan beri mahkamaga tortilmagan holda ushlab turilibdi.

Kelishuv tafsilotlari e’lon qilinmagan, biroq AQSH axborot agentliklari prokurorning o‘lim jazosini talab qilmaslikka rozi bo‘lish evaziga erkaklar o‘z ayblarini tan olganini yozmoqda.

Nyu-York, Virjiniya va Pensilvaniya shtatlarida 3 mingga yaqin odam Afg‘oniston va Iroq bosqinlariga turtki bo‘lgan hujumlarda halok bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 11 sentyabr hujumlari 1941 yilda Gavayi orolidagi Perl-Xarbor harbiy-dengiz bazasiga Yaponiya hujumidan keyin AQSH hududidagi eng qonli hujum bo‘lib, unda 2400 kishi halok bo‘ldi. Shu kuni xudkush-hujumchilar AQSH yo‘lovchi samolyotlarini tortib olib, ularni Nyu-Yorkdagi ikkita osmono‘par binoga borib portlatdi. Mamlakatning sharqida uchayotgan to‘rtta samolyot bir vaqtning o‘zida kichik qaroqchi guruhlar tomonidan qo‘lga olindi. Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining egizak minorasi ham katta talafot ko‘radi.

To‘rtta samolyot bortidagi 246 yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi, egizak minorada 2606 kishi hamda Pentagonda 125 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatda 11 sentyabr teraktlaridan keyin joriy etilgan favqulodda holatni bir yilga uzaytirgani haqida xabar berilgandi. Prezidentga ko‘ra, u mamlakatda terrorchilik tahdidi saqlanib qolgani sababli ushbu qarorga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BBC Xolid Shayx Muhammad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing