AQSHda 105 yoshli onaxon magistrlik diplomini oldi (video)
Olam
−
20 iyun
6076Amerikalik Virjiniya Hislop ismli ayol 105 yoshida Stenford universitetida magistrlik darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda UPI axborot agentligi xabar berdi.
“Xudoyim, men buni uzoq kutgandim. Menga shunday daraja berilgani juda yoqimli. Men har doim o‘qishni yaxshi ko‘rardim”, deydi bir asrdan ko‘proq yashab qo‘ygan onaxon.
Virjiniya Hislop 1941 yilda Stenford universitetida dissertatsiya ustida ishlay boshlagan, ammo Ikkinchi jahon urushi tufayli uni yakunlay olmagan. Sababi, uning eri frontga chaqirilgan, shuning uchun er-xotin kampusni tark etib, yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, Hislop dissertatsiyani yakunlay olmaydi va keyinchalik oilasini boqish uchun Vashingtonga ketadi.
Biroq uning kuyovi yaqinda universitetga murojaat qilganida, u diplom olish uchun endi yakuniy dissertatsiya talab qilinmasligini aniqladi. Qisqa qilib aytganda, Virjiniya Hislop Stenfordning magistrlik diplomiga ega chiqishi uchun 83 yil talab etildi.
Stenford Oliy ta’lim maktabi dekani Daniel Shvars Hislopni sahnaga olib chiqqanda yig‘lab yuborishidan xavotirlanganini esladi.
“Men ko‘z yoshiga yetmasdan oldin olomon ko‘tarilib, uni olqishlay boshladi. Virjiniya yoshligida ta’lim oldi, u shunchaki diplom olmadi. Bu qaytish va ta’lim hayotini nishonlash uchun ajoyib imkoniyatdir”, deydi dekan.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Stenford universiteti ayni damda “QS World University Ranking” ro‘yxatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha beshinchi o‘rinni band qilgan.
LiveBarchasi