AQSHda 10 yoshli o‘g‘lini bosib o‘ldirgan 150 kiloli ayol qamaldi
Olam
−
11:37
3473AQSHda joriy yilning 17 yanvar kuni 10 yoshli asrandi o‘g‘lining xulq-atvoridan norozi bo‘lib, jazo sifatida uning ustiga yotib olgan va besh daqiqa davom etgan bo‘g‘ilish tufayli bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan 150 kilogrammli ayol 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda WSMV-TV xabar berdi.
Voqea 2024 yilning aprel oyida sodir bo‘lgan. Bolaning o‘gay onasi, 48 yoshli Jennifer Li Uilson marhum Dakota Stivensning xatti-harakatlaridan nolib, uni jazolamoqchi bo‘lgan hamda bolani tagiga bosgan holda, uning ustidan bir necha daqiqa vaqt tushmagan. Bola 27 aprel kuni Indiana shtatida yosh bola bilan bog‘liq favqulodda tibbiy yordam uchun politsiya chaqirilganidan ikki kun o‘tib vafot etgan. Ayol ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirishda ayblanib, hibsga olingan.
Politsiya tekshiruvlari paytida bolaning pastki bo‘yin va ko‘krak qismida ko‘karishlar borligi aniqlangan. Dakota zudlik bilan yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan va u yerda kompyuter tomografiyasi uning miyasida kuchli shish borligini ko‘rsatgan. Bu esa hujjatlarda yozilganidek, uzoq vaqt davomida kislorod yetishmasligi bilan mos kelishi mumkin.
Uilsonning aytishicha, Dakota og‘zaki va jismoniy tajovuz bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan va u o‘sha kuni hayajonlangan holda uyg‘ongan. Bir payt ayol bolalarga uy ishlarini tugatgandan keyin tashqariga chiqib o‘ynashi mumkinligini aytgan. Dakota esa uy ishlarini qilmoqchi emasligini aytgan. Ayol uy ishlarini qilish kerakligi, aks holda hech kim tashqariga chiqolmasligini bildirgan. Bola esa uning gapiga kirmagan va uydan chiqib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tver viloyatidagi “Mejurka” bog‘dorchilik uyushmasida joylashgan uydan to‘rt nafar bolaning zo‘ravonlik alomatlari bilan o‘ldirilgan jasadlari topilgandi. Hodisada bosh gumondor sifatida bolalarning otasi ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi