AQSHda “Helen” to‘foni qurbonlari soni 100 dan oshdi
Olam
−
30 Sentabr
1958AQSH janubi-sharqida sodir bo‘lgan “Helen” to‘foni 116 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda CBS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Karolinada 46 kishi, Janubiy Karolinada 27 kishi, Jorjiyada kamida 25 kishi, Floridada 13 kishi vafot etgan.
CNN xabar berishicha, to‘rt kishi Tennessi shtatida, ikki kishi Virjiniya shtatida vafot etgan. Bundan tashqari, 600 ga yaqin shimoliy karolinaliklar bedarak yo‘qolgan. Qolaversa, 2 millionga yaqin AQSH aholisi elektr ta’minotisiz qolmoqda.
Suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli Shimoliy Karolinada 300 ga yaqin, Janubiy Karolinada 150 ga yaqin yo‘llar yopilgan.
“AQSH Prezidenti Jo Bayden shu hafta oxirida dovuldan jabr ko‘rgan hududlarga borishni rejalashtirmoqda”, deb xabar bermoqda CNN.
Ma’lumot uchun, “Helen” to‘foni Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha 4-toifali bo‘lib, Florida shimolidagi Big Bend hududiga 19 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da yetib keldi. O‘sha paytda shamolning tezligi soatiga 225 kilometrga yetgan. Milliy bo‘ron markazi ma’lumotlariga ko‘ra, “Helen” keyinchalik kuchini yo‘qotdi va tropik bo‘ronga aylandi, keyin esa tropik depressiyaga qadar zaiflashdi.
To‘fon kuchli yomg‘ir va suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Florida shtatida taxminan 40 sm, Janubiy Karolina va Jorjiyada 35 santimetrgacha, Shimoliy Karolinada 33 santimetr ortiq yog‘ingarchilik kuzatilgan. Hozirda, Florida, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Alabama, Tennessi va Virjiniya shtatlarida favqulodda holat e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda “Helen” to‘fonidan 40 kishi vafot etgani xabar qilingandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi