AQSHda ham kuchli yomg‘irlar toshqinga sabab bo‘ldi 

Olam

image

Kecha, 11 dekabr kuni Tinch okeanining shimoli-g‘arbiy qismida yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar AQSHning bir nechta shtatida suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Buning oqibatida o‘nlab yo‘llar yopildi, temiryo‘l liniyalari ishdan chiqdi va o‘n minglab odamlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  

Qayd etilishicha, AQSH Milliy ob-havo xizmati G‘arbiy Vashington bo‘ronning asosiy zarbasini qabul qilganini ma’lum qildi. Kaskad tog‘lari, Olimpiya tog‘lari, Puget-Saund hududi hamda Oregon shtatining shimoliy qismida suv toshqinlari haqida ogohlantirish e’lon qilindi. 

Tinch okeanidan quruqlikka katta miqdorda namlik olib keluvchi kuchli bo‘ron tizimi Atmosfera daryosi deb ataladi. Bu hafta boshida hududga kirib kelib, jala yomg‘irlar yog‘ishiga sabab bo‘ldi.

Bo‘ron Oregonning shimolidan boshlab Vashington shtati, Kanada, Britaniya Kolumbiyasi, Montananing g‘arbiy qismi va Aydaho shimoligacha bo‘lgan hududlarda yirik suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. 

Vashington shtatining g‘arbiy hududlarida taxminan 100 ming aholiga “3-darajali” darhol balandroq hududlarga ko‘chishni talab qiluvchi evakuatsiya buyrug‘i berildi. Ularning aksariyati Sietl shimolidagi Skadjit okrugining qishloq aholisi ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyaning yetti shtatida kuchli yomg‘ir sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 11 mingdan ortiq kishi jabr ko‘rgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh kuchli yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing