AQSH Zelenskiydan foydalanyapti – Lavrov
Olam
−
28 yanvar 2022
8109AQSH Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan Rossiya atrofidagi keskinlikni kuchaytirish uchun foydalanmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov gapirdi.
“Zelenskiy va uning rejimidan birinchi navbatda amerikaliklar taranglikni kuchaytirish, Yevropadagi kazaklarini o‘ziga jalb qilish maqsadida foydalanmoqda. Bu holatda Vashingtonning asosiy maqsadi Ukrainaning taqdiri emas. Ularga bu mavzuni yopish uchun Rossiya Federatsiyasi atrofida keskinlikni kuchaytirish, keyin esa Xitoy bilan shug‘ullanish muhim, bu haqda amerikalik siyosatshunoslarning o‘zlari yozmoqda. Ular buni qanday “yopmoqchi” ekanliklarini tasavvur qila olmayman. Agar u yerda aqlli siyosiy texnologlar qolgan bo‘lsa, ular bu yo‘l hech qayerga olib bormasligini tushunishi kerak”, degan vazir.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi