AQSH-Yaponiya-Janubiy Koreya sammiti boshqa uch davlatga qarshi kurashga bag‘ishlandi – OAV
Olam
−
19 avgust 2023
6653Merilendda bo‘lib o‘tgan AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya yetakchilarining uch tomonlama sammiti kun tartibi asosan Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaga qarshi kurashga bag‘ishlandi. Bu haqda nomi oshkor etilmagan “ma’muriyatga yaqin tahlilchilar”ga tayanib, “South China Post” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, uch tomonlama hamkorlik, rasmiy ritorikadan qat’i nazar, ko‘p jihatdan Xitoy, shuningdek, Shimoliy Koreya va Rossiya bilan bog‘liq, chunki hozirda shu mamlakatlar bilan keskinlik kuchaygan.
Shu bilan birga, tahlilchilar sammitning haqiqiy natijalari AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Hind-Tinch okeani mintaqasida qurilgan geosiyosiy arxitekturaning boshqa asosiy elementlari AUKUS (Avstraliya flotiga yadroviy suv osti kemalarini yetkazib berishni ta’minlaydigan Avstraliya, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlarning harbiy ittifoqi) yoki QUAD to‘rt tomonlama xavfsizlik dialogi (Avstraliya, Hindiston, AQSH va Yaponiyani birlashtiradi) kabi ahamiyatli bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.
Qayd etish joizki, kecha, 18 avgust kuni Bayden Merilend shtatidagi qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol bilan ikki tomonlama uchrashuv va uch tomonlama sammit o‘tkazdi.
Sammit bayonotiga ko‘ra, uch mamlakat inqirozlar vaqtida zudlik bilan o‘zaro maslahatlashish va umumiy manfaatlarga taalluqli mintaqaviy muammolar, provokatsiyalar va tahdidlarga javob choralarini muvofiqlashtirish majburiyatini olgan.
Shuningdek, yetakchilar har yili harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish va 2023 yil oxirigacha Shimoliy Koreya raketalarini uchirish bo‘yicha real vaqt rejimida ma’lumot almashishga kelishib olgan. Rahbarlar har yili uch tomonlama sammitlar o‘tkazishga va’da bergan.
Bundan tashqari, uch tomonlama qo‘shma bayonotda Xitoyning harakatlari ta’qiqlangan.
“Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tomonidan Janubiy Xitoy dengizida guvoh bo‘lgan noqonuniy dengiz da’volarini qo‘llab-quvvatlovchi xavfli va tajovuzkor xatti-harakatlarga kelsak, biz Hind-Tinch okeani suvlarida status-kvoni o‘zgartirishga qaratilgan har qanday bir tomonlama urinishlarga qat’iy qarshimiz”, deyiladi uch tomonlama bayonotda.
Ma’lumot uchun, uch mamlakat yetakchilarining oldingi yuzma-yuz uchrashuvi 21 may kuni Yaponiyaning Xirosima shahridagi sammit doirasida bo‘lgandi. Bu galgi sammit esa AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya rahbarlarining xalqaro tadbirlar doirasidagi birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘ldi.
LiveBarchasi