AQSH yangi bojlar va yangi muddatni e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlarga nisbatan yangi bojxona to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risidagi farmon chiqardi. Hujjat kecha, 31 iyul kuni Oq uy saytida e’lon qilindi.

Ba’zi eng yuqori tariflar Shveysariya (39%), Suriya (41%), Laos va Myanma (40%), shuningdek, Iroq (35%), Qozog‘iston (25%) va Hindiston (25%) uchun belgilangan. Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya uchun 15% qo‘shimcha to‘lov ko‘zda tutilgan. Ro‘yxatda bo‘lmagan mamlakatlarga 10% lik yagona tarif qo‘llaniladi.

Majburiyatlar 7 avgustdan kuchga kirishi kerak. DPA'ning nima uchun bojlarning kuchga kirish sanasi avval kutilganidek 1 avgust emasligi haqidagi savoliga javoban amerikalik rasmiy yangi qoidalarni amalga oshirish uchun ko‘proq vaqt kerakligini aytdi.

Oq uy hujjatiga ko‘ra, bu chora “amerikalik ishchilar manfaatlaridan kelib chiqqan holda global savdoni qayta qurish”ga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 27 iyul kuni Yevropa Ittifoqi va AQSH o‘rtasida savdo bitimi imzolanganini e’lon qilgandi. Kelishuv Tramp avvalroq tahdid qilgan Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga AQSHga olib kiriladigan tariflarni 30 foizgacha oshirishning oldini oldi.

Kelishuv doirasida Bryussel AQSH iqtisodiyotiga 600 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha sarmoya kiritishni va NATO doirasidagi yangi mudofaa buyurtmalarini hisobga olmaganda, AQSHning energiya resurslarini 750 milliard dollarga sotib olishni va’da qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh boj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing