AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy samolyotlar va kemalar yubordi

Olam

image

Eron tahdidiga qarshi AQSH Isroilni himoya qilish uchun qo‘shimcha jangovar samolyotlar, shuningdek, ballistik raketalarga qarshi mudofaa qobiliyatiga ega kreyser va esminetslarni yuboradi. Bu haqda Pentagon ma’lumotlariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Bildirilishicha, AQSH va Isroil Mudofaa vazirlari AQSH kuchlarini Yaqin Sharqda qayta joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda. Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx vazir Lloyd Ostin Eronning ehtimoliy hujumi bo‘lgan taqdirda Isroilga qo‘shimcha harbiy yordam yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi.

Ostin Isroilning mintaqaviy xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etayotgan Amerika harbiylari sonini ko‘paytirish va mintaqaga qo‘shimcha jangovar samolyotlar va harbiy kemalar yuborish haqida ko‘rsatma bergan.

Shuningdek, AQSH hozirda mintaqada faoliyat yuritayotgan USS Teodor Ruzvelt aviatashuvchisi o‘rniga USS Abraham Linkoln aviatashuvchi kemasini jo‘natadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The Wall Street Journal” Eronning Isroilga yangi hujumi aprel oyidagidan ko‘ra kuchliroq va kutilmagan bo‘lishi mumkinligi, chunki Islomiy respublika o‘z rejalari haqida hech kimga xabar bermayotganini yozgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing