AQSH Yaqin Sharqdagi qo‘shinlarini kuchaytirmoqda

Olam

image

Pentagonning Eron va uning ittifoqchilarining ehtimoliy hujumlariga qarshi Isroilni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuboradi. O‘nga yaqin F/A-18 qiruvchi samolyotlari AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazasiga USS Thyeodor Roosevelt aviatashuvchi kemasidan uchib ketdi. Bu haqda bugun, 7 avgustga o‘tar kechasi ismi oshkor etilmagan rasmiyga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqdagi kuchlar guruhini mintaqadagi o‘z qo‘shinlarini va Isroilni Eronning tahdidlaridan himoya qilish maqsadida kuchaytirishni buyurgan.

"Qo‘shma Shtatlar bizning xodimlarimiz va mintaqadagi manfaatlarimizni, jumladan, Isroilni himoya qilishga sodiqligimizni qo‘llab-quvvatlaydi", degan Pentagon rahbari.

Shuningdek, hozirda Yaqin Sharqda joylashtirilgan aviatashuvchi zarba guruhini almashtirish nazarda tutilmoqda. USS Abraham Linkoln endi USS Theodore Roosevelt o‘rnini egallaydi va Amerikaning mintaqadagi ishtirokini ballistik raketaga qarshi mudofaa olib borishga qodir bo‘lgan bir qator kreyserlar va esminetslar bilan to‘ldiradi. Bundan tashqari, mudofaa aviatsiyasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini oshirish maqsadida Yaqin Sharqda qo‘shimcha quruqlikdagi raketalarga qarshi mudofaa va qo‘shimcha qiruvchi eskadron joylashtirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Eron tahdidiga qarshi AQSH Isroilni himoya qilish uchun qo‘shimcha jang samolyotlari, shuningdek, ballistik raketalarga qarshi mudofaa qobiliyatiga ega kreyser va esminetslar yuborilishi haqida xabar qilingandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron Pentagon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing