AQSH va Janubiy Koreya KXDRning raketa sinoviga javob qaytardi

Olam

image

AQSH va Janubiy Koreya raketa sinovlarini amalga oshirdi. Shimoliy Koreya sinovlariga javob sifatida shunday qaror qabul qilingan. Bu haqda bugun, 6 iyun kuni “Yonhap” agentligi Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 4:45 dan 4:55 gacha sakkizta raketa “turli nishonlarga” uchirilgan.

“AQSH va Janubiy Koreyaning “yer-yer” sinfidagi raketalarni birgalikda uchirishi provokatsiya manbalariga zudlik bilan aniq zarbalar berish qobiliyati va tayyorligini namoyish etdi”, deya bayonot bergan Shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi.

Vashingtonning ta’kidlashicha, AQSH va Janubiy Koreya harbiylari tomonidan sakkizta raketa uchirilishidan maqsad inqirozlarga birgalikda javob berishga tayyorlikni namoyish etish bo‘lgan.

“AQSH va Janubiy Koreya kuchlari inqirozlarga tezda javob berish qobiliyatini namoyish qilish uchun qo‘shma uchirish mashqlarini o‘tkazmoqda”, deyiladi AQSH Qurolli Kuchlarining Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyun kuni KXDR Yapon dengizi tomon qisqa masofaga uchadigan 8 ta ballistik raketa uchirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

653

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing