AQSH va YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va’da qildi
Olam
−
11 mart 2023
5807Vashington va Bryussel uchinchi davlatlarning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan yangi iqtisodiy cheklovlar joriy etish niyatida. Bu haqda Oq uy ma’muriyati ma’lum qildi.
“Biz sanksiyalarimiz va eksport nazoratini agressiv tarzda amalga oshirish, sanksiyalarni aylanib o‘tishni to‘xtatish va oldini olish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni faollashtiramiz. Buning bir qismi sifatida dunyo bo‘ylab uchinchi davlatlar vakillari bilan yangi qo‘shma qadamlar tashlamoqdamiz”, deyiladi AQSH Prezidenti Jo Bayden va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning Vashingtondagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotda.
Qayd etilishicha, AQSH va YeI Rossiya Federatsiyasiga qarshi iqtisodiy cheklovlarni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda. Ular rivojlanayotgan mamlakatlarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash hamda Rossiya daromadlarini yanada cheklash bo‘yicha yaqindan ishlashga kelishgan.
Bundan tashqari, Bayden va fon der Lyayen Yevropaning energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish, shuningdek energiya transformatsiyasini tezlashtirish bo‘yicha muhim sa’y-harakatlarni qayd etgan. Bu esa global energetika inqirozining Yevropaga ta’sirini cheklashga yordam berishi ko‘zlangan.
“Biz manbalarni diversifikatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish hamda Yevropaning qazib olinadigan yoqilg‘iga bog‘liqligini kamaytirish orqali mintaqada energiya xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettiramiz”, degan Bayden va fon der Lyayen.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar