AQSH va Yaponiya yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Olam

image
“O‘yinqaroq” Kim Chen In yoxud raketa uchirish uning hobbisimi? north_east

“O‘yinqaroq” Kim Chen In yoxud raketa uchirish uning hobbisimi?

Bugun, 10 noyabr kuni Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari va AQSH armiyasi Yaponiya arxipelagining chekka orollarini himoya qilish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish uchun Keen Sword qo‘shma mashg‘ulotlarini boshladi. 

“Biz nafaqat har qanday sohada birgalikda harakat qilish qobiliyatimizni oshiramiz, balki sheriklik va do‘stligimizni ham mustahkamlaymiz. Biz nafaqat birga ishlaymiz. Biz mashq qiladigan jamoa – bu biz yashayotgan jamiyatlardir. Biz nafaqat harbiy sherikmiz balki do‘st va qo‘shnimiz”, deyiladi Yaponiyadagi Amerika qo‘mondonligi mashg‘ulotlar boshlanishi munosabati bilan e’lon qilgan bayonotda.  

Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarga Yaponiya tomonidan quruqlik, dengiz va havoda o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlarining 26 mingga yaqin xodimi qabul qilinadi. Amerika tomonidan 10 000 ga yaqin harbiy xizmatchilar, jumladan, kosmik divizion ishtirok etadi. 

Bundan tashqari, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarining 20 ta kemasi va 10 ta AQSH samolyoti, shuningdek, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarining 250 ta samolyoti va AQSHning 120 ta samolyoti, jumladan,  Osprey tiltrotori ham manyovrlarda ishtirok etadi. 

Avstraliya, Kanada va Buyuk Britaniya qurolli kuchlarining jami to‘rtta kemasi va ikkita samolyoti ham mashg‘ulotlar davomida AQSH va Yaponiya harbiylariga qo‘shiladi, uning ssenariysi Kagosima prefekturasidagi uzoq Tokunoshima orollarini himoya qilishni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar 19 noyabrga qadar davom etadi. 

“Hozirgi amaliy mashg‘ulotlar ketma-ket 16-mashq bo‘ldi. Ularga Avstraliya, Kanada, Fransiya, Hindiston, Yangi Zelandiya, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va NATOdan kuzatuvchilar taklif qilingan”, deyiladi Yaponiya qo‘shma qo‘mondonligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni AQSH va Janubiy Koreya hamkorligida “Vigilant Storm” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari start olgandi. Unda 240 ga yaqin harbiy samolyotlar ishtirok etmoqda. 4 noyabrga qadar davom etishi belgilangan mashg‘ulotlar Shimoliy Koreyaning ketma-ket ballistik raketalar uchirishi ortidan uzaytarildi. 

Qo‘shma mashg‘ulotlarga  Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining 140 ga yaqin samolyotlari, jumladan F-35A, F-15K, KF-16 qiruvchi samolyotlari, KC-330 yonilg‘i quyish samolyoti, Amerika tomonidan esa yuzga yaqin samolyot, jumladan F-35B qiruvchi samolyotlari, EA-18 elektron razvedka samolyoti va U-2 josuslik samolyoti jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaponiya

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing