AQSH va Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

3-sahifa

image

AQSH va Koreya davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Payariq tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.T.” MCHJ rahbari F.B. fuqaro U.A.ni 13 ming AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan D.M. va D.X. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uning farzandini Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 900 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolarni Buyuk Britaniya, Kanada va Yevropa Ittifoqiga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koreya firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing