AQSH va Xitoy o‘rtasida yangi urush boshlanishi bashorat qilindi
Olam
−
02 aprel 2021
14959"Bank of America"ning tadqiqotlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Xaim Isroil AQSH va Xitoyni yangi iqtisodiy urush kutayotganini bashorat qildi. Bu haqda u CNBC telekanalining efirida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida savdo va texnologik urushdan so‘ng, "iqlim urushi" boshlanadi.
U o‘z fikrini yaqin o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi mavzusi iqtisodiy va siyosiy sohada hukmronlik qilishi bilan izohlagan.
"Gap faqat sayyorani qutqarish haqida emas. Ishonamizki, iqlim strategiyasi global mukammallikka yo‘l ochadi, chunki bu yerda ko‘proq narsa bor", deya qo‘shimcha qilgan Isroil.
Mutaxassis shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida elektromobillar ishlab chiqarishdagi yetakchilik ham muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan.
Avvalroq, AQSH Xitoyni savdo va iqtisodiyotga munosabati uchun "dunyoning yetakchi huquqbuzari" deb bilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi