AQSH va Isroilning G‘azoga oid rejalari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH va Isroil rasmiylari HAMAS bilan urush o‘zlarining foydasiga hal bo‘lgan taqdirda, G‘azoga xalqaro tinchlikparvar kuchlarni kiritmoqchi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Isroil quruqlikdagi hujumini kuchaytirar ekan, Vashington anklavning kelajagi bo‘yicha variantlarni o‘rganyapti. Jumladan:

  • Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlarga anklav ustidan vaqtinchalik nazoratni berish. G‘azo sektorida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qo‘shinlarini kiritish, shu bilan birga, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklarining ishtiroki ham ma’qullanyapti.
  • 1979 yilgi Isroil-Misr tinchlik shartnomasi (Kemp Devid kelishuvlari) amalga oshirilishini nazorat qiluvchi missiya bo‘lgan Sinay yarim orolidagi ko‘p millatli kuchlar va kuzatuvchilarga o‘xshash sektorda tinchlikparvar kuchlar faoliyat yuritadi. Ayni paytda Isroil bu g‘oyaga moyilroq bo‘lib turibdi.
  • G‘azo sektorini Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida vaqtinchalik boshqarish. Nashrga ko‘ra, Isroilga bu taklif unchalik yoqmayapti.

Rasmiylar muzokaralar hali boshlang‘ich bosqichda ekanini aytayotgan bo‘lsa-da, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken qonunchilarga izohida Vashington rejalashtirishda "chuqur" ishtirok etayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning Jabaliyaga hujumi oqibatida yuzlab falastinlik halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing