AQSH va Isroil Ukrainaga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda – FT
Olam
−
28 iyun
3497AQSH, Isroil va Ukraina bir nechta Patriot havo mudofaa tizimini Kiyevga topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “The Financial Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina 8 tagacha havo mudofaa tizimini qabul qilishi mumkin – Isroil juda ko‘p tizimlarni hisobdan chiqarishni rejalashtirgan, chunki ularning xizmat qilish muddati 30 yildan oshgan. Ishdan chiqarilgan tizimlarni yangilariga almashtirish rejalashtirilgan edi, biroq hozircha ular foydalanishdan chiqarilmagan. Gazeta buni Isroilning Livandagi “Hizbulloh” bilan ziddiyat keng ko‘lamli urushga aylanib ketishidan qo‘rqishi bilan izohlaydi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Patriot majmualarini Ukrainaga topshirish bo‘yicha muzokaralar vazirlar va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar darajasida olib borilmoqda. Yakuniy kelishuvga hali erishilgani yo‘q. Gazetaning uch nafar suhbatdoshiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda bu masalani AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan, shuningdek, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak bilan muhokama qilgan.
“Agar kelishuvga erishilsa, Isroil katta ehtimol bilan tizimlarni AQSHga, keyin esa Ukrainaga yuboradi”, deb yozadi gazeta.
Shu bilan birga, manbalar Isroil foydalanishdan chiqarilgan tizimlarning faqat bir qismini topshirishi mumkinligini tan oladi.
LiveBarchasi