AQSH va Isroil operatsiyasi oylab davom etishi mumkin

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Eronga qarshi AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan qo‘shma harbiy operatsiya bir necha oy davom etishi rejalashtirilgan. Bu haqda Isroil xavfsizlik manbasi 12-kanalga ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, operatsiya ikki davlat o‘rtasida yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan va tomonlar barcha bosqichlarni oldindan muvofiqlashtirgan. Ta’kidlanishicha, Isroil mazkur operatsiyada qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga soladi. AQSH esa bu jarayonda to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shma hujumning dastlabki bosqichi to‘rt kun davom etishi rejalashtirilgan. Xabarlarga ko‘ra, birinchi zarbalar ertalabki vaqtga ataylab belgilangan. Bu vaqt tanlanishidan maqsad – Eron tomonini kutilmagan vaziyatga solish bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Eron tomoni ehtimoliy hujumni asosan tungi vaqtda kutgan, shu bois kunduzgi zarbalar ularni hayratda qoldirishga qaratilgan strategik qadam sifatida baholanmoqda.

Ayni paytda, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan olib borilgan muzokaralar jarayonidan norozi ekanini bildirgan. U Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga qat’iyan qarshi ekanini yana bir bor ta’kidlab, Tehron uranni boyitish imkoniyatiga ham ega bo‘lmasligi kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Eronga uyushtirgan hujumiga AQSH ham qo‘shilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp yadroviy qurol Isroil operatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing