AQSH va Britaniya Yaman hududiga zarba berdi

Olam

image

AQSH va Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari Yamandagi husiylar nazorati ostidagi Xodayda shahriga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda “Al Masirah” telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Al-Xok hududidagi radiostansiya binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana o‘n kishi jarohatlangan.

“Al Mayadeen” telekanaliga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar “binoni qo‘riqlayotgan xavfsizlik xodimlari va bir qancha tinch aholi vakillari”, jumladan radiostansiyada ishlagan jurnalistlardir. Aytilishicha, AQSH va Britaniya samolyotlari husiy nishonlariga 13 marta zarba bergan. Xodayda bilan bir qatorda Sano va Taiz viloyati hududi ham zarbaga uchragan.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa savdo kemalariga hujum qilgan husiylarning manzillari 30 may kuni Yamandagi AQSH va Britaniya havo hujumlarining navbatdagi nishoniga aylanganini xabar qildi. 

"30 may kuni Britaniya kuchlari AQSH kuchlari bilan husiylarning harbiy ob’ektlariga Qizil dengiz va Adan ko‘rfazidagi xalqaro kemalarga hujum qilishda davom etish imkoniyatini rad etish uchun qo‘shma operatsiyada ishtirok etdi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Xodeyda yaqinidagi ikkita joy husiylarning hujumlari bilan bog‘liq va bir qator binolar dronlarni yerdan boshqarish moslamalari va juda uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz samolyotlar hamda “yer-havo” qurollarini saqlash joylari sifatida aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, Britaniya tomonida havo zarbalari Voyager tanker samolyoti ko‘magida Qirollik havo kuchlarining Typhoon qiruvchi samolyotlaridan Paveway IV boshqariladigan bombalar bilan amalga oshirilgan.

London "zarbalarni rejalashtirishda, har doimgidek, tinch aholi yoki noharbiy infratuzilma uchun har qanday xavfni minimallashtirishga katta e’tibor berilgani" va zarbalar aynan shu sababli tunda amalga oshirilganiga ishontirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Buyuk Britaniya Yaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing