AQSH o‘zi sanksiya qo‘ygan Lavrovga BMTning xotiri uchun viza beradimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari Birlashgan Milliatlar Tashkiloti bosh qarorgohining Nyu-Yorkda joylashtirilishi to‘g‘risidagi kelishuvga binoan viza majburiyatlariga jiddiy e’tibor qaratadi.

Bu haqda dushanba kuni TASS agentligiga BMTdagi Amerika doimiy vakolatxonasi vakili Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va delegatsiyaning boshqa a’zolariga Bosh Assambleyaning oliy darajadagi haftaligida ishtirok etish uchun vizalar berilishi mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, ma’lum qildi.

“Viza masalalari AQSH qonunchiligiga muvofiq maxfiy hisoblanadi. Qabul qiluvchi davlat sifatida Qo‘shma Shtatlar BMT shtab-kvartirasi to‘g‘risidagi bitimga muvofiq BMTga a’zo davlatlar vakillarining tashkilot qarorgohi hududiga sayohatini osonlashtirish majburiyatini oladi. Biz BMT shtab-kvartirasi to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarimizni jiddiy qabul qilamiz”, degan agentlik suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida qatnashmasligi ma’lum bo‘ldi. U tadbirda qatnashadigan Rossiya delegatsiyasiga TIV rahbari Lavrovni bosh qilib tayinladi.

BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi 20-26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bosh Assambleyaning yangi yillik sessiyasini ochadigan ushbu tadbirda an’anaviy tarzda prezidentlar, bosh vazirlar va vazirlar ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 25 fevral kuni AQSH Lavrovga qarshi sanksiyalar kiritdi. Rossiya TIV rahbari AQSHga kirishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing